<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Bu qadam</title>
<lyrics>[V1]
 // Hayotimga nuringni porlatgan Oʻzing
 Yoʻllarimni charogʻon aylagan Soʻzing
 Onam qornida meni tanlagan Oʻzing
 Hayotim qoʻllaringda mening, Ey Rabbim //

[C1]
   Bu qadam oldinga qadam
   Ulugʻvorliging tomon qoʻyilgan qadam
   Bu qadam yangi bir qadam
   Yetaklab borsin Ruhing meni hardam

[V2]
 // Taʼriflab berolmasman chiroying Sening
 Masih-la quvonadi vujudim mening
 Panohim, Qoʻrgʻonimsan, Qalqonim Oʻzing
 Sevgingdan orom topar qalbim, Ey Rabbim //

[C2]
   Bu qadam oldinga qadam
   Ulugʻvorliging tomon qoʻyilgan qadam
   Bu qadam yangi bir qadam
   Yetaklab borsin Ruhing meni har dam

[B1]
   Men boraman ortingdan boraman
   Hayotim taxtida Oʻzing boʻlgin, Ey Egam
   Sening huzuringda qalbim hotirjam
   Men bilandursan to abad har dam

[B2]
   Oyoqlaring oldida boʻlgim keladi
   Bagʻringa boshimni qoʻygim keladi
   Bundayin sevgini oʻzi kim beroladi?!
   Sevging va mehringa toʻydir, Ey Egam

[B3]
   // Samolarga toʻyib qarayman!
   Qamrab olgan Ulugʻvorliging!
   Men ham Sening ijodingman!
   Huzuringga qoʻyarman qadam! //</lyrics>
<author>New Sreation</author>
</song>